O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Tashrif davomida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 7-9 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat rahbarlarining muzokaralari va Prezidentlar raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi.

 

Asosiy eʼtibor savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga qaratiladi.

 

Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilish kutilmoqda.

 

Taʼkidlash joizki, davlat tashrifi doirasida Qozog‘iston poytaxtida ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining ochilishi ko‘zda tutilgan.

 

O‘zbekiston Prezidenti 9 avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida ham ishtirok etadi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning tokdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi mavjud bo‘lgan.

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.