Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi
Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olish qonunchilik talablarining buzilishi hisoblanadi. Bunday holatlar yuzasidan sud tomonidan belgilangan jazo choralarining ijrosi ham qonuniylikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudining 2026 yil 7 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi uchun sudlangan A.T.dan 16.480.000 so‘m jinoiy jarima undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman bo‘limi ish yurituviga olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borildi.
Natijada sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.
Bu kabi ijro harakatlari qonun ustuvorligini taʼminlash, yer resurslaridan oqilona va qonuniy foydalanish, shuningdek, sud hujjatlarining so‘zsiz ijro etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.







