O'zbekiston

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Xizmatning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, bojxona va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib, O‘zbekiston hududiga olib kirish holati aniqlandi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatga kirish uchun “Ayritom” chegara bojxona postiga kelgan, 1966-yilda tug‘ilgan Afg‘oniston fuqarosi boshqaruvidagi “Toyota” rusumli avtomobil tekshirilgan. Tekshiruv davomida avtomobil yukxonasidagi dvigatel porsheni va boshqa ehtiyot qismlar ichiga yashirilgan qariyb 400 gramm opiy topilgan.

 

Shundan so‘ng, mazkur fuqaroning Termiz shahrida vaqtincha yashab turgan xonadoni ham ko‘zdan kechirilgan. U yerdagi avtomobil ehtiyot qismlari ichidan yana 848 gramm opiy va 551 gramm geroin aniqlangan.

 

Keyingi tezkor tadbirlar narkotik moddalarni O‘zbekistonda qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxsni aniqlashga qaratilgan. Natijada Denov tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro Sho‘rchi tumani hududida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28 orqali 246-moddasi 2-qismi hamda 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik tushunchasiga qonuniy ta’rif berildi va ish beruvchilarning bu boradagi majburiyatlari belgilandi.

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Maxsus agentlik jismoniy shaxslar va tashkilotlarning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlarini nazorat qiladi.

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Tijorat banklari noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qarz oluvchilarga qaytarishi shart.

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.