Mashina lyukidan tanasini chiqarib, doira chalgan erkak jazolandi
Holat Buxorodagi to‘ylarning birida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqda Gentra yo‘lovchisi transport vositasining oynasidan tana qismini chiqarganligi holati aks etgan video tarqaldi.
Video Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisiga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
“2 avgust kuni to‘y edi. To‘y kuni mashinaning tom qismidan tanamni chiqarib, doira chaldim. Qilgan ishimdan pushaymonman”, - deydi huquqbuzar.







