O‘zbekiston Yevropaga elektr eksport qilishi mumkin
Bu haqida energetika vaziri maʼlum qildi.

Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab elektr kabelini o‘tkazish bo‘yicha Qozog‘iston-O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma uch tomonlama loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, O‘zbekiston 2030 yildan boshlab ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi.
Bu haqida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinchi yig‘ilishi doirasida maʼlum qildi.







