O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markaziga 6 ta tarixiy kitob topshirildi

Ularning 3 tasi qo‘lyozma va 3 tasi toshbosma asarlar.

Islom sivilizatsiyasi markaziga 6 ta tarixiy kitob topshirildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi yangi qo‘lyozma va toshbosma asarlar bilan boyidi. Markaz direktori, sanʼatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Firdavs Abduxoliqov mazkur kutubxonaning nodir qo‘lyozmalar fondiga o‘z kolleksiyasida saqlanayotgan oltita tarixiy manbani hadya qildi.

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimi Azimjon G‘ofurovning taʼkidlashicha, shundan 3 tasi qo‘lyozma va 3 tasi toshbosma asarlar bo‘lib, ularning barchasi to‘liq, yaxshi saqlangan, eʼtiborga molik asarlardan. 

 

Shulardan biri, Faxriddin Ali ibn Husayn al-Koshifiy Safiyning “Rashahot aynul hayot” asari. Bu asar xalq tilida “Rashahot al-uyun” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Asarda islom olamida mashhur bo‘lgan tasavvuf tariqasidagi avliyo zotlarning tarjimai hollari, ular bilan sodir bo‘lgan voqealar yozilgan. Asar 1151/1738 yil xattot Muhammad Saloh ibn al-Mabrur Abdushukur tomonidan ko‘chirilgan. 

 

 

Sharʼiy masaladlarga oid “Muxtasar viqoya maʼa jo‘ng” asari ham bor. Asarga qozi tomonidan masalalarga mos hayotiy voqeotlar yozilgan. U arab-fors tillarida bo‘lib, 1236/1820 yil ko‘chirilgan.

 

 

Shuningdek, hadya qilingan manbalar – O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga taqdim qilingan asarlar orasida meros ilmiga oid “Faroiz” asari sharhi, madrasalarda darslik sifatida o‘tilgan “Talimul mutaallim”, “Munʼyatul-musolliy”, “Tajvid” asari qo‘lyozmalari, Imom al-Buxoriyning 1893 yilda Misrda nashr qilingan “Al-Jomiʼ as-sahih” to‘plami, tibbiyotga oid “Mezon-ut-tibb” asarining 1894 yilda bosilgan toshbosma nusxasi, Evklidning (tax. mil.avv. 325-265 yillarda yashagan qadimgi yunon matematigi, geometrigi) 1910 yil arab tilida chop etilgan “Usul al-handasa val hisob li-Iqlidis” asarlari ham bor.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Islom sivilizatsiyasi markaziga 6 ta tarixiy kitob topshirildi | Zamon.uz