O'zbekiston

“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” tanlovining xududiy bosqichlari yakunlandi

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi  “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qilgan edi. 6-8 avgust kunlari mazkur ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichlari g‘olib va sovrindorlari eʼlon qilindi.

“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” tanlovining xududiy bosqichlari yakunlandi

Tashkilotchilar tomonidan loyihalar tashabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali  ariza yuborib, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi  ishtirokchisiga aylangan bo‘lishi tanlovning asosiy sharti sifatida belgilandi.

 

 

 

Tanlovga 186 ta tumandan 1189 ta onlayn  ariza kelib tushdi. “Biznes portal”ga biznes loyihalar haqidagi 896 ta video yuklandi.

 

 

 

Loyihalarni  baholashda mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi.

 

 

 

“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” ko‘rik-tanlovining  Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi arafasida eʼlon qilinadi.

 

 

 

Tanlovda eng yaxshi deb topilgan biznes loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306 sonli qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” tanlovining xududiy bosqichlari yakunlandi | Zamon.uz