Namanganda operatsiya qilingan ayol qornida doka qolib ketdi
Ayolning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev ijtimoiy tarmoqlarda ayol qornida tibbiy doka va rezina qo‘lqop ketgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olinib, mavjud vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritish maqsadida tegishli Ishchi guruh Namangan viloyatiga yuborilgan. Yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytildi.







