Iqtisodiyot

O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi

Statistika agentligi tomonidan amalga oshirilgan norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari eʼlon qilindi.

O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi

Unga ko‘ra, 2023 yil uchun O‘zbekiston YIM hajmi AQSH dollari ekvivalentida 10,7 milliard dollarga qo‘shimcha hisob-kitob qilindi va amaldagi 90,9 milliard dollardan 101,6 milliard dollarga yetdi.

 

Hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra, norasmiy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2023 yilda 26 trln so‘m qo‘shimcha aniqlik kiritgan holda baholandi hamda amaldagi 297,3 trln so‘mdan 323,3 trln so‘mga oshdi. Shundan, xizmatlar sohasida 6,7 trln so‘m,  qurilish ishlari sohasida 14,3 trln so‘m, sanoat tarmog‘ida 4,9 trln so‘m qo‘shimcha baholandi.

 

Amalga oshirilgan baholash yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi YIM hajmi 2023 yilda qo‘shimcha 125,6 trln so‘mga oshdi va jami 1 192,2 trln so‘mni tashkil etdi. Shunga mos ravishda, aholi jon boshiga YAIM hajmi qo‘shimcha 3,4 mln so‘mga oshib, 32,7 mln so‘mga yetdi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi