O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni Ostona shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Joriy yil iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari, shuningdek, Turkmaniston mahsulotlari ko‘rgazmasining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, jumladan, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Hududlararo aloqalarni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirish muhimligi qayd etildi.

 

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi | Zamon.uz