O'zbekiston

Andijonda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Sud tomonidan ularga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Andijonda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Andijon viloyatining Qorasuv shahrida yashovchi A.D. sinfdoshi Sh.J. bilan o‘zaro til biriktirib, 2023 yilning avgust oyida Qirg‘iz Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga davlat chegarasi orqali noqonuniy o‘tkazilgan 87 turdagi “Fokusin”, “Dopegit”, “Kogitum”, “Erinit” va boshqa dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xulosasiga ko‘ra, dori vositalarining umumiy qiymati 1.616.802.000 so‘mni tashkil qilgan.

 

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining maʼlum bir qismi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, davlat reyestriga kiritilmagan hamda ularga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan.

 

Taʼkidlanishicha, fuqaro A.D. muqaddam uyushgan guruh tarkibida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatlarini sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 

Holat yuzasidan A.D. va Sh.J.ga nisbatan DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudi tomonidan A.D.ga nisbatan 5 yil hamda Sh.J.ga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"