Bugun Toshkentda Olimpiya delegatsiyasi tantanali kutib olinadi
O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun Toshkentga qaytadi.

XXXIII yozgi Olimpiadada tarixiy natija ko‘rsatib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan sportchilarimiz bugun soat 19:00da O‘zbekistonga yetib keladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.
Aeroportda o‘tkaziladigan tantanali kutib olish marosimidan so‘ng, sportchilarimiz o‘tirgan avtobus kortejlari shahar bo‘ylab harakatlanadi.
Chempionlarni munosib kutib olish maqsadida masʼullar zarur tayyorgarliklarni ko‘rishmoqda. Videoda chempionlarning korteji shahar bo‘ylab harakatlanadigan yo‘nalish ko‘rsatib berilgan.







