Salomatlik

Yozda avtomobil konditsioneridan qanday foydalangan maʼqul?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Yozda avtomobil konditsioneridan qanday foydalangan maʼqul?

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, konditsionerning o‘zi shamollashga olib kelmaydi, chunki bu kasallik kelib chiqishiga sovuq havo emas, balki mikroorganizmlar sabab bo‘ladi. Biroq o‘ta sovuq muhitda uzoq vaqt bo‘lish immun tizimini zaiflashtiradi, bu esa tanani infeksiyalarga qarshi himoyasiz qilib qo‘yishi mumkin.

 

Bundan tashqari, inson tanasida harorat pasaygandan so‘ng qon tomirlari torayadi, bu qon oqimini susaytiradi, natijada immunitet hujayralarining tomoq va burun shilliq pardalariga yetkazib berilishi tezligini sekinlashtiradi. Ko‘pincha aynan shu organlar bakteriyalar va viruslar uchun “kirish joyi” bo‘lganligi sababli, bunda infeksiya rivojlanishi ehtimoli ortadi.

 

Shuningdek, haroratning keskin o‘zgarishi, yaʼni sovitilgan xona yoki avtomobildan birdaniga jaziramaga chiqish ham tanani stressga tushirib qo‘yadi. Shu vaqtda stress gormonlari ishlab chiqariladi, uzoq muddat bu hol takrorlansa, immunitet tushib ketishi mumkin.

 

Xonada o‘tirganingizda konditsionerni vaqti-vaqti bilan o‘chirib qo‘yishingiz yoki sovuq havo oqimi urmaydigan joyga o‘tib olishingiz mumkin. Ammo transportda bo‘lganingizda-chi, o‘zingizni asrash uchun nimalar qilishingiz mumkin?

 

Avtomobilda bo‘lganingizda quyidagi qoidalarga rioya qilishga harakat qiling:

 

— mashinani haydashdan oldin salonni yaxshilab shamollating;

 

— sovuq havoni yuz va ko‘krak qismingizga yo‘naltirmang;

 

— haroratni asta-sekin ko‘taring yoki pasaytiring.

 

Hozir deyarli har bir avtobusda kunduzi konditsioner ishlab turibdi. Afsuski, unda ketayotganingizda konditsionerning ishlashiga taʼsir qila olmaysiz. Baʼzi yo‘lovchilar sovuq havo keladigan teshiklarni yopib qo‘yadilar, ammo bu muammoning faqat yarim yechimidir. Avtobusda yurganingizda yana bir qavat yozgi kostyum yoki yengil ustki kiyim kiyib olish ham vaziyatni yengillatishi mumkin.

 

Agar barcha urinishlaringiz besamar ketib, baribir shamollab qolgan bo‘lsangiz, nima qilish kerak?

 

Universal tavsiya: simptomlarni yengillashtiradigan lokal taʼsir qiluvchi vositalardan foydalaning (hech qanday holatda shifokor tavsiyasisiz antibiotiklar bilan davolanmang).

 

Issig‘ingiz chiqqanida haroratni pasaytiruvchi, bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lish uchun esa har qanday retseptsiz og‘riq qoldiruvchi vositalardan foydalansangiz bo‘ladi. Tomoq shilliq qavatining yallig‘lanishidan esa maxsus so‘radigan tabletkalar yoki pastilkalar ajoyib yechim bo‘ladi. Bundan tashqari, tomoq og‘rig‘i uchun yaxshi o‘rganilgan antioksidant bo‘lgan S vitamini mavjud vositalar ham davodir. Odatda bunday mahalliy davolanish yetarli bo‘ladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"