Iqtisodiyot

Biznesni rivojlantirish banki yaponiyalik hamkorlar bilan yangi loyihaga kirishdi

"Biznesni rivojlantirish banki", Yaponiyaning Yamagata prefekturasi hukumati va Yamagata universitetining tadbirkorlik taʼlimi va tadqiqotlari markazi o‘rtasida Toshkent viloyatida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Yori-I” loyihasini Anglashuv memorandumini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Biznesni rivojlantirish banki yaponiyalik hamkorlar bilan yangi loyihaga kirishdi

“Yori-I” loyihasining asosiy maqsadi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasida viloyatda mahalliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlashdir. Bu o‘z navbatida, yangi bizneslarni yaratish va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.

 

 

Loyiha Yamagata universiteti rahbarligida, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston — Yaponiya markazi (UJC) texnik ko‘magi ishtirokida  "Biznesni rivojlantirish banki" hududiy markazlarida va Toshkent viloyati hokimiyati moliyaviy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

 

Memorandum almashinuv marosimi tomonlarning uzoq muddatli hamkorlikka va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi. Ushbu marosim loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka yo‘l ochib, Toshkent viloyatining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shadi.

 

Bank axborot xizmati

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.