O'zbekiston

Qashqadaryoda 18 yoshli o‘smir tok urishi oqibatida vafot etdi

Voqea suv havzalarining birida sodir bo‘lgan.

Qashqadaryoda 18 yoshli o‘smir tok urishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani Beshkent shahridagi suv havzalaridan birida 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida vafot etdi. Marhum yigit asli Koson tumanidan bo‘lib, Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uyda ijarada yashab kelgan. 

 

"Bola cho‘milish jarayonida tanasi nam holatida telefon quvvatlash uchun o‘rnatilgan moslama ustiga oyog‘ini qo‘ygan. Qisman tok urgan deb taxmin qilyapmiz. Hozir huquqni muhofaza qiluvchi masʼullar tomonidan ekspertiza jarayonlari olib borilmoqda. Shundan so‘ng hammasiga aniqlik kiritiladi", — deydi suv havzasi vakili Nuriddin Pirnazarov.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea sodir bo‘lganidan so‘ng marhumning yaqinlari tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan. Unga qadar esa bemor yigitga manzilda bo‘lib turgan shifokorlar yordam ko‘rsatgan.

 

Tez yordam mashinasi 18:40 larda voqea joyiga yetib borgan. Shifokor o‘sha yerda bemor yuragini yopiq massaj qilgan, sunʼiy nafas bergan. Tibbiy yordamlarga qaramasdan bemorda biologik o‘lim qayd etilgan.

 

"Bemor Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga olib kelinganda, unda tiriklik alomatlari aniqlanmagan", — deydi Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Ikrom Hayitov.

 

Ayni paytda holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Qashqadaryo viloyati IIB masʼullari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Suzish havzasi faoliyati esa vaqtincha to‘xtatilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda 18 yoshli o‘smir tok urishi oqibatida vafot etdi | Zamon.uz