Turkiyada avtobus yo‘lovchilari bilan jarlikka quladi
Hodisa oqibatida 20 dan ortiq odam jarohatlangan.

Turkiyaning Bodrum kurortidan Van provinsiyasiga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi jarlikka ag‘darilishi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi. Ulardan 3 tasi og‘ir ahvolda.
Hodisa joyiga tez yordam mashinasi, qutqaruvchilar, politsiya va yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib borgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi mahalliy fuqarolar.







