O'zbekiston

Bola nega yetti yoshdan maktabga borishi kerak?

Bu tibbiy nuqtai nazardan qanchalik to‘g‘ri?

Bola nega yetti yoshdan maktabga borishi kerak?

Aksariyat ota-onalar farzandi olti yoshga to‘lishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Tibbiy nuqtai nazardan bunday bolalar o‘quv jarayonida qiynalib qolmaydimi?

 

— Albatta bu savol bugun ko‘pchilik ota-onalarni qiziqtiradi, — deydi mutaxassis. — Bilasizmi, bobo-buvisi bilan birga yashaydigan aksariyat bolajonlarni kuzatsak, ular tengdoshlariga nisbatan ancha aqlli va ziyrak bo‘ladi. Hatto, ayrim olti yoshdagi bolalarning yetti yoshli o‘g‘il-qizlarga nisbatan birmuncha uquvli ekaniga ham guvoh bo‘lamiz.

 

Shu bois ko‘pchilik ota-onalar yetti yoshga to‘lmasa ham “farzandim maktabga borsin” deydi. vaholanki, olti yoshda bola har qancha aqlli bo‘lmasin, ularda fikrlash qobiliyati to‘liq shakllanib ulgurmaydi.

 

Chunki yetti yoshgacha uning miyasi o‘sish jarayonida bo‘lib, ayni shu yoshdan keyin takomillashadi. Yaʼni, bu fiziologik holat hisoblanadi.

 

Qolaversa, bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayib, aniqlashadi va o‘zaro moslashuv boshlanadi. Ular o‘zini idora etish, harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Yetti yoshda diqqatni jamlash, vaziyatni baholash va qiyinchiliklarga duch kelganda to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganadi.

 

Shuningdek, bu yoshda bola ham jismonan, ham ruhan chiniqadi, qiziquvchanligi ortadi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Moddiy borliqni anglashga intiladi. Shuningdek, bu yoshda ularda gigiyenik malakalar shakllanadi.

 

Shu bois O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunida ham umumiy o‘rta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinishi belgilangan.

 

Bir so‘z bilan aytganda, o‘g‘il-qizlarning maktabga yetti yoshdan borishi nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishi, balki kelajagi uchun ham muhimdir.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bola nega yetti yoshdan maktabga borishi kerak? | Zamon.uz