Polshadagi o‘zbekistonliklar haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha ogohlantirildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, ayrim manbalarda "O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi" degan noto‘g‘ri maʼlumot tarqalmoqda.

Qayd etilishicha, 2024 yil 17 iyundan Polshada chet ellik haydovchilar uchun kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, avtomobil vositasi, shu jumladan, taksini boshqarish uchun Polsha namunasidagi guvohnoma talab etiladi.
"Ushbu guvohnoma munitsipal organlarining davlat xizmatlari markazida (Urząd) almashtiriladi. Elchixona faqat O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligini polyak hokimiyatlari talabiga ko‘ra tasdiqlaydi", — deyiladi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabarida.
Tasdiqlovchi hujjat olish uchun quyidagilar talab etiladi:
-
elchixonaga ariza;
-
qonuniy yashayotganini tasdiqlovchi hujjat;
-
haydovchilik guvohnomasi;
-
pasport;
-
to‘lov kvitansiyasi (40$).







