Qo‘ng‘irotda MIB orqali 500 mln soliq qarzi undirildi
Qarzdor bankdagi hisob raqamlariga band solingach, soliqni to‘lashga majbur bo‘lgan.

Maʼlumki, soliqlar davlat byudjeti daromadlarining muhim manbai bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, ijtimoiy soha rivoji, aholi va farovonligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanmagan qarzdorliklar majburiy undiruv choralari qo‘llanilgan holda Byuro organlari tomonidan undiriladi.
Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining qaroriga asosan qarzdor E.G. dan 500 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida qarzdorning bank hisob raqamiga elektron inkasso qo‘yilgan va barcha hisob raqamlariga taqiq o‘rnatilgan.
Buning natijasida, 500. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilib, ushbu pul mablag‘lari davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.







