O'zbekiston

Yuqori Chirchiqda qarzdorlik sabab korxona mashinasi xatlandi

Hozirda u belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Yuqori Chirchiqda qarzdorlik sabab korxona mashinasi xatlandi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida faoliyat yurituvchi qarzdor “P.S.P” MCHJ undiruvchi sud qaroriga asosan davlat foydasiga davlat bojidan 249 mln 876 ming so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

 

Majburiy ijro byurosining Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi ish yurituviga sud qaroriga ko‘ra, qarzdorlikni korxonadan undirish to‘g‘risidagi qaror ijro etish uchun yuborilgan bo‘lib,  korxonaga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

 

Korxona masʼullari kelgusida qarzdorlikni bartaraf qilmagan taqdirda,  avtotransport vositasi xatlanib, realizatsiya qilinishi haqida ogohlantirilgan.

 

Qarzdorlikni bartaraf etish uchun berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, ijro harakatlariga kirishilgan. Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.