Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
Bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik bolalari Sibir poytaxtiga to‘plandi.

Bosh konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Shuningdek, bolalarni issiq ovqat bilan o‘z vaqtida taʼminladi.
Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga ko‘ra, ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bola O‘zbekistonga sog‘-salomat yetib olgan.







