O'zbekiston

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi

Bu bo‘yicha Qobulda ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi

Bugun, 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi.

 

Tashrif doirasida Qobul shahrida Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Bosh vazirning maʼmuriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy, Bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutakiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

Unda davlatlar o‘rtasidagi aloqalar do‘stlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangani, O‘zbekiston Afg‘onistonga Markaziy Osiyoning uzviy va ajralmas qismi sifatida qarashi qayd etildi.

 

Uchrashuvlarda Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi, taʼlim, hududlararo munosabatlarlarni yana-da chuqurlashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 

Shuningdek, o‘zaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, buning uchun ishga solinmagan resurslarni o‘zaro manfaatli asosda amaliyotga izchil tatbiq etish lozimligi alohida taʼkidlandi.

 

Bunda ikki tomonlama investitsiyalarni himoya qilish hamda imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirishga katta turtki berishi maʼlum qilindi.

 

Bundan tashqari, o‘zaro manfaatli muloqotni muntazam davom ettirish, mushtarak saʼy-harakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv so‘nggida qator hujjatlar imzolandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi | Zamon.uz