O'zbekiston

“Mening eng katta maqsadim - xalqimni baxtli ko‘rish”

Prezident Kegeyli tumanidagi Juzimbag‘ mahallasida bo‘ldi.

“Mening eng katta maqsadim - xalqimni baxtli ko‘rish”

 

Bu yerda 4 ming 300 nafarga yaqin aholi yashaydi. Uchta maktab, oltita bog‘cha, yetmishdan ortiq tadbirkorlik subyektida aholi doimiy ish bilan band.

 

Chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan bu hududda 990 ta xonadonning tomorqasi bor. Sayxunobod tajribasi asosida mahalliy imkoniyatlar ishga solinmoqda. Xususan, dehqonchilik uchun 174 nafar fuqaroga 128 gektardan ortiq yer uzoq muddatga ajratilgan. Ular dehqonchilik qilib, ro‘zg‘or uchun qo‘shimcha daromad qilmoqda. Issiqxona tashkil etib, yiliga ikki marta hosil olishni yo‘lga qo‘yayotgan oilalar soni ko‘paymoqda.

 

Mahallada “Orol Agro” korxonasi tomonidan “Yoshlar uzum bog‘i”  tashkil etilgan. Unda 40 kishiga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berilgan.

 

Voish usulida parvarish qilinayotgan bu tokzorning qator oralaridan ham omilkorlik bilan foydalanilmoqda. Turli sabzavotlar yetishtirilib, 400 tonnagacha mahsulot olinmoqda. Toklar to‘liq hosilga kirishi bilan yiliga qiymati 4 milliard so‘mlik 200 tonnaga yaqin mahsulot olinishi ko‘zda tutilgan.

 

Davlatimiz rahbari shu yerda dehqonchilik qilayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdi.

 

Ular so‘nggi yillardagi imkoniyatlardan foydalanib, dehqonchilik uchun yer olgani, poliz ekinlari va ko‘katlar yetishtirib, daromad topayotganini aytdi. Reja va niyatlari haqida gapirdi.

 

- Sizlarning ishli bo‘lganingizni, ko‘zingizdagi ishonchni ko‘rib, xursand bo‘ldim. O‘zi mening eng katta maqsadim shu - xalqimni rozi qilish, baxtli ko‘rish. Qilayotgan ishlarimiz to‘g‘ri, faqat uni kengaytirishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident yoshlarning takliflari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun sovutkichli ombor qurish, ehtiyojmand yigit-qizlarning to‘ylari va shartnoma to‘lovlariga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Mening eng katta maqsadim - xalqimni baxtli ko‘rish” | Zamon.uz