O'zbekiston

Prezident IT-parkning Qoraqalpog‘iston filialiga bordi

Davlatimiz rahbari IT-park rezidentlari va yoshlar bilan muloqot qildi.

Prezident IT-parkning Qoraqalpog‘iston filialiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Qoraqalpog‘iston filialini borib ko‘rdi.

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Yetti yil oldin yurtimizda IT kompaniyalari soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2 mingtadan oshdi. Ularda 30 ming nafar xodim yuqori daromadli ish bilan band. 70 ming nafardan ziyod yoshlar IT bilan mustaqil shug‘ullanayapti.

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida shu sohada eksport hajmini 5 milliard dollarga yetkazish va 300 ming nafar yoshni ish bilan band qilish rejalashtirilgan. Chekka hududlarda ham IT-shaharchalar tashkil etishga kirishilgan.

 

Xususan, Qoraqalpog‘istonda IT-park rezidentlari soni o‘tgan yil yakuniga nisbatan bugungi kunda uch barobarga oshib, 108 tani tashkil etdi. Ular tomonidan 310 nafar mutaxassis ish bilan taʼminlangan. 2024 yilning birinchi yarmida xizmatlar hajmi 2,4 barobarga, eksport hajmi esa 1,7 barobarga ko‘paydi.

 

Taʼlim rezidentlari tomonidan 25 ming nafar yosh va davlat xizmatchilari o‘qitilib, malakasi oshirildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida onlayn platforma orqali 2023 yilda 18 ming nafar yosh o‘qitilgan bo‘lsa, 2024 yilning shu kuniga qadar 29 ming nafar yosh o‘qitildi. Joriy yil 33 mingdan ziyod yoshga taʼlim berish rejalashtirilgan.

 

Bu natijalar yaratilgan sharoit inʼikosi. Davlatimiz rahbari 2021 yil hududga tashrifi chog‘ida IT-park uchun yangi bino qurish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Shunga muvofiq, Nukus shahri markazida 17 qavatli zamonaviy bino bunyod etildi. Bu yerda IT-taʼlim va kovarking markazlari, ofislar, konferensiya zali va xizmat xonalari mavjud. Shuningdek, binoga IT-park rezidentlari, sohada faoliyat olib borayotgan investorlar, chet ellik autsorsing korxonalar joylashtiriladi.

 

Ilgari ikki qavatli binoda ochilgan IT-park bugun muhtasham majmuaga ko‘chgani rejalar ulkanligidan darak beradi.

 

Prezidentimizga binoda bajarilgan ishlar, sohadagi natijalar va rejalar haqida axborot berildi. 

 

Masalan, avval AQSHning Amazon kompaniyasida ishlagan qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamalov yurtiga qaytib, o‘zining HUPO startapiga 4 million dollar sarmoya jalb qilgan. Davlatimiz rahbari u bilan suhbatlashib, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

 

Davlatimiz rahbari IT-park rezidentlari, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bilan muloqot qildi. Yoshlarning fikrlarini tinglab, takliflarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

 

– Bu sohada startaplarni hayotga tatbiq etsak, ham tarmoqlarda natijadorlik oshadi, ham davlat xarajati kamayadi, ham yoshlar uchun ish o‘rinlari paydo bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Binoda UZINFOCOM markazining filiali ham joylashgan. Markaz hudud yoshlarini uStudy dasturi orqali zamonaviy kasblarga o‘qitadi. Malakasi oshirilgan kadrlar o‘z sohasi bo‘yicha zamonaviy kompaniyalarga ishga joylashadi.

 

Prezident barcha hududlarda IT parklar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida shunday ko‘p qavatli binolar qurish zarurligini taʼkidladi.

 

– Ularda muhit shunday bo‘lishi kerakki, yoshlar o‘zini erkin his qilsin. Ovqatlanish, dam olish, sport va boshqa xizmatlar mujassam bo‘lsin. Binolar shaharlar markazida, yoshlarga qulay joyda bo‘lgani maʼqul, – dedi davlatimiz rahbari.

 

Mazkur IT-parkni Qoraqalpog‘iston tumanlaridagi maktablar bilan bog‘lab, sohaga qiziqqan yoshlarni o‘qitish, kelgusida yuqori daromadli ishlarga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident IT-parkning Qoraqalpog‘iston filialiga bordi | Zamon.uz