Toshkent tumanida “Mayning ferma” aniqlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro M.A. tumandagi “A.Navoiy” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida 3 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan.
U qonunga xilof ravishda mayning kripto-aktivlari faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 190,4 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







