Toshkentda yuk mashinasi avariyaga uchradi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Hodisa bugun, 19 avgust kuni soat 14:30 larda Yangihayot tumani KXAY ko‘chasida yuz bergan. 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi HOVO rusumli tirkamali yukmashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan.
YTH natijasida haydovchi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







