Namanganda qo‘lbola dori tayyorlab sotgan shifokor qamaldi
U o‘z uyida yashirin sex ochib, dorilarning savdosi bilan shug‘ullangan.

Avvalroq Namanganda Chortoq tuman TTYO feldsheri o‘zining yashash xonadonida yashirin sex ochgani va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xayuar berilgandi.
Maʼlum bo‘lishicha, feldsher 1000 dona “Zodak” dori vositalarini sotish maqsadida Andijon viloyatiga yubormoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, dori vositalari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan yashirin sex borligi aniqlanib, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 763 dona “Anaferon”, 2125 dona “Zodak”, 4000 dona “Vitamin V6” dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori preparatlarini qadoqlashda foydalaniladigan flakonlar, plastik qopqoq va probkalar, dori qutilari va yo‘riqnomalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Taʼkidlanishicha, mazkur shaxs dori vositalarini tayyorlash va saqlash uchun o‘zining opasini hamda qarindoshini jalb qilgan.
Tadbir davomida uning opasining yashash manzilidan ham 120 dona “Zodak”, 260 dona “Anaferon”, 96 dona “Xilak Forte” va 313 dona nomsiz flakonlarga solingan sirop holidagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tergov jarayonida tez yordam feldsherini dori vositalari tayyorlashda kerak bo‘ladigan etiketka, flakon, qopqoq va probkalar, dori qutilari hamda yo‘riqnomalar bilan Andijon shahrida yashovchi shaxs taʼminlab turganligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida tintuv o‘tkazilganda, ushbu feldsherdan sotib olingan, umumiy qiymati 27 mln 646 ming 800 so‘mlik 150 dona “Zodak” va 146 dona “Xilak Forte” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergov jarayonida qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalarining oldi-sottisiga Chortoq tumanida yashovchi tibbiyot yo‘nalishidagi davlat oliy taʼlim muassasasining talabasi ham aloqador ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Taʼkidlash lozimki, yashirin sex sharoitida tayyorlangan dori vositalari asosan Andijon va Qo‘qon shaharlarida sotuvga chiqarilgan.
JIB Yangiqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar JKning 186-3-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Chortoq tuman tez tibbiy yordam feldsheri hamda uni xom-ashyo bilan taʼminlab turgan, Andijon shahrida yashovchi fuqaroga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Qolgan 4 nafar shaxsning har biri 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.Avvalroq Namanganda Chortoq tuman TTYO feldsheri o‘zining yashash xonadonida yashirin sex ochgani va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xayuar berilgandi.
Maʼlum bo‘lishicha, feldsher 1000 dona “Zodak” dori vositalarini sotish maqsadida Andijon viloyatiga yubormoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, dori vositalari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan yashirin sex borligi aniqlanib, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 763 dona “Anaferon”, 2125 dona “Zodak”, 4000 dona “Vitamin V6” dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori preparatlarini qadoqlashda foydalaniladigan flakonlar, plastik qopqoq va probkalar, dori qutilari va yo‘riqnomalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Taʼkidlanishicha, mazkur shaxs dori vositalarini tayyorlash va saqlash uchun o‘zining opasini hamda qarindoshini jalb qilgan.
Tadbir davomida uning opasining yashash manzilidan ham 120 dona “Zodak”, 260 dona “Anaferon”, 96 dona “Xilak Forte” va 313 dona nomsiz flakonlarga solingan sirop holidagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tergov jarayonida tez yordam feldsherini dori vositalari tayyorlashda kerak bo‘ladigan etiketka, flakon, qopqoq va probkalar, dori qutilari hamda yo‘riqnomalar bilan Andijon shahrida yashovchi shaxs taʼminlab turganligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida tintuv o‘tkazilganda, ushbu feldsherdan sotib olingan, umumiy qiymati 27 mln 646 ming 800 so‘mlik 150 dona “Zodak” va 146 dona “Xilak Forte” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergov jarayonida qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalarining oldi-sottisiga Chortoq tumanida yashovchi tibbiyot yo‘nalishidagi davlat oliy taʼlim muassasasining talabasi ham aloqador ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Taʼkidlash lozimki, yashirin sex sharoitida tayyorlangan dori vositalari asosan Andijon va Qo‘qon shaharlarida sotuvga chiqarilgan.
JIB Yangiqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar JKning 186-3-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Chortoq tuman tez tibbiy yordam feldsheri hamda uni xom-ashyo bilan taʼminlab turgan, Andijon shahrida yashovchi fuqaroga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Qolgan 4 nafar shaxsning har biri 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.







