O‘zbekistonda “E-logistika” platformasi ishga tushiriladi
Unda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoni yaratiladi.

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotida hozirgi geosiyosiy jarayonda Yevropaga anʼanaviy transport marshrutlari bo‘yicha yuk tashish cheklangani aytib o‘tildi.
Tranzit davlatlar o‘z tashuvchisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonga berayotgan ruxsatnomalar sonini 3 barobargacha kamaytirdi. Shu o‘rinda, transport korxonalarida 28 ta davlat bo‘yicha 20 mingdan ortiq ruxsatnomalar ishlatilmasdan turibdi.
Transport vazirligiga yuk tashish ruxsatnomalaridan foydalanish tizimi oshkoraligini oshirish topshirildi.
Bunda “E-logistika” platformasi ishga tushirilib, eksportchilar uchun qaysi korxonada qancha ruxsatnoma borligini ko‘rish, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoni yaratiladi.







