O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Shuningdek, hashar kunlari arafasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.

24−25 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda hukumatning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Ushbu sanalar shanba va yakshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.







