Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashlab yubordi
Hozirda ayolga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Uning aytishicha, marhum 40 yoshlar atrofida bo‘lgan, uning jasadi ekspertizaga olib ketilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.







