Toshkentda qizga shilqimlik qilgan elektrik qamaldi
Unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ayol fuqaro joriy yilning 9 avgust kuni Yunusobod tumani IIO FMBga murojaat qilib, elektrik A.J. unga shahvoniy shilqimlik qilib, tegajog‘lik qilganini, shu sababli unga chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, A.J.ga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur sud ishi JIB Yununosobod tumani sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud majlisida A.J. fuqaro T.D.ning iltimosiga ko‘ra borib, santexnika ishlarini bajarganligini, uyda uning nevarasi S.B. bo‘lganligini, uning bir o‘zi unitazni tuzatishga qiynalganligini va undan yordam so‘raganini, shundan so‘ng u bilan qo‘l silkishib xayrlashganini maʼlum qilgan.
Sudlanuvchining taʼkidlashicha, u S.B.ga nisbatan hech qanday shilqimlik qilmaganini bayon qilib, unga nisbatan yengillik berilishini so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, A.J. MJtKnyng 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.







