O'zbekiston

O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi

Bu Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 avgustdagi "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi

"Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" tanlovida sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi kamida 10 yil sadoqatli mehnat qilgan xodimlar qatnashishi mumkin. Tanlov 1 sentyabrda boshlanib, g‘oliblar 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi. G‘oliblarning davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga bir yillik kontrakt to‘lovi (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridan oshmagan qismi) to‘lab beriladi.

 

"Eng toza mahalla" tanlovi esa har yili noyabr-yanvar oylarida tuman (shahar) saralash bosqichi, hududiy saralash bosqichi va respublika bosqichi shaklida o‘tkaziladi. Mazkur tanlov g‘oliblari 21 mart — Navro‘z bayrami arafasida munosib taqdirlanadi.

 

Tanlov natijalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan g‘olib bo‘lgan mahallalarning tegishli jamg‘armasiga chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish, mahalladagi ijtimoiy obyektlarga chiqindi konteynerlari o‘rnatish hamda daraxt ekish uchun 500 million so‘mdan pul mukofoti o‘tkazib beriladi hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil topshiriladi.

 

Bundan tashqari, sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilariga, ekofaollarga hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga har oy 100 tadan velosiped va boshqa mukofotlar beriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.