Qashqadaryoda gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi
Energetika vazirligi hodisaga izoh berdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatidagi gaz quvuridan gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Energetika vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:35 da Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi “Shirinobod” konidagi (“Epsilon” XKga qarashli) quduqlar oralig‘ida diametri 426 mm bo‘lgan quvurdan gaz sizib chiqishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
"Hozirgi vaqtda yong‘in to‘liq bartaraf etilib, taʼmirlash ishlariga kirishilgan. Voqea sababli jarohatlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi", — deyiladi xabarda.







