O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Eng katta o‘tovning diametri 42, balandligi 22 metr. Unda maʼmuriyat, oshxona va boshqa xonalar mavjud.

Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. 

 

Bu haqda davlat rahbari 2022 yilda hududga tashrifi chog‘ida ko‘rsatma bergan edi. Shu asosda ellik gektardan ortiq maydon yana-da obod qilinib, ko‘plab o‘tovlar barpo etildi. Eng katta o‘tovning diametri 42, balandligi 22 metr. Unda maʼmuriyat, oshxona va boshqa xonalar mavjud. Bu yerda turli madaniy tadbirlar, forumlar o‘tkazish mumkin.

 

 

Majmuada qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, boshqird kabi turkiy xalqlarning hamda Qoraqalpog‘iston tumanlarining o‘tovlari tashkil etilgan. Ularda qardosh ellar tarixi, madaniyati va turmush tarzi o‘z ifodasini topgan.

 

Prezident ushbu o‘tovlarni kirib ko‘rdi.

 

 

"Bizning tomirimiz, taqdirimiz bir. Mana shunday ishlarni ko‘paytirib, birgalikda festivallar o‘tkazib, xalqlar do‘stligini yana-da mustahkamlash kerak. Milliy hunarlarni asrab, yosh avlodga yetkazish, bu bo‘yicha shogirdlar tayyorlash, bolalar uchun o‘z ona tilida kitoblar chiqarishni kengaytirish zarur", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Bog‘da sunʼiy ko‘l, orolcha va mehmonxona ham bor. Bular qisqa davrda mazkur maskanni turizm manzillaridan biriga aylantirdi. O‘tovlar, milliy kiyim va buyumlarga sayyohlar katta qiziqish bilan qaramoqda.

 

 

Shu bilan Davlat rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi | Zamon.uz