Jizzaxda pornografik material tarqatgan erkak qamaldi
Shuningdek, unga salkam 20 mln jarima tayinlangan.

Aniqlanishicha, 1989-yilda tug‘ilgan E.B. o‘ziga tegishli telefon raqamiga Telegram tarmog‘ida ochilgan profildan shu yilning 11-12 avgust kunlari 2 nafar shaxsga va 13 avgust kuni Telegram‘dagi guruhga pornografik mazmundagi material yuborib, tarqatgan.
Sudlanuvchi E.B. huquqbuzarlik harakatini davom ettirib, joriy yil 14 avgust kuni Forish tumani IIB binosi oldida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, tushuntirish xati yozishdan bosh tortib, baqir-chaqir qilib, mayda bezorilik sodir etgan. Hamda IIO xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmagan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi E.B. MJtKning 183-189 va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va MJtKning 189-moddasi bilan BHMning 50 baravari (17 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi hamda MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan BHMning 5 baravari (1,7 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.







