6 ta viloyat hokimi orden bilan mukofotlandi
Bu bo‘yicha prezident farmoni imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” farmon imzoladi.
Unga ko‘ra, 6 ta viloyat hokimi turli nomdagi ordenlar bilan mukofotlandi.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:
- Abdurahmonov Shuhratbek Ko‘shoqboyevich – Andijon viloyati hokimi
- Mirzayev Zoyir Toirovich – Toshkent viloyati hokimi
- Turdimov Erkinjon Oqbutayevich – Samarqand viloyati hokimi
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
- Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich – Surxondaryo viloyati hokimi
- Rahimov Jo‘rabek Rahimovich – Xorazm viloyati hokimi
“Do‘stlik” ordeni bilan:
- Tursunov Normat To‘lqinovich – Navoiy viloyati hokimi taqdirlanishdi.







