O'zbekiston

Toshkentda Oltin markazi qorovuli kaltaklab ketildi

Hozirda bezorilik sodir etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda Oltin markazi qorovuli kaltaklab ketildi

23 avgust kuni Chilonzor tumanidagi “Oltin markazi” oldida 1984 yilda tug‘ilgan A.Sh. Malibu rusumli avtomashinada avtoturargohga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq avtoturargoh nazorati xodimlari avtoturargohda joy yo‘qligini maʼlum qilishgan va avtomashinada kelgan fuqarolar hamda nazorat bo‘limi xodimlari o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan.

 

Shundan so‘ng A.Sh. o‘zining tanishlarini chaqirgan va ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan avtoturargoh oldida janjal ko‘tarishgan. “Oltin markazi”da qorovul bo‘lib ishlovchi 1986 yilda tug‘ilgan G‘.I. va 1981 yilda tug‘ilgan A.K.larni urgan vaqtida, markaz nazorat bo‘limi xodimi 1995 yilda tug‘ilgan J.I. ularning bezorilik harakatiga chek qo‘yish maqsadida ajratmoqchi bo‘lgan. Natijada ushbu shaxslar o‘z fuqarolik burchini bajarayotgan J.I. ni urib tan jarohati yetkazishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Oltin markazi qorovuli kaltaklab ketildi | Zamon.uz