“O‘zbek va turk olimlari hamkorlikda ko‘plab natijalarga erishdi”
Turkiya Fanlar akademiyasi Prezidenti O‘zbekistonda madaniy merosni o‘rganish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida gapirdi.

“Bugun o‘zbek va turk olimlari o‘zaro hamkorligi tufayli ko‘plab natijalarga erishdi. Va bu natijalarning salmog‘i yuqori. Bunga esa ikki mamlakat yetakchilarining diplomatik aloqalari va do‘stona munosabatlari sabab desam adashmayman.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning madaniy merosni o‘rganish va ommalashtirish, islom olami allomalari va buyuk ajdodlar tarixini o‘rganish bo‘yicha yaratib berayotgan sharoitlari ana shu erishgan natijalarning poydevori bo‘lib xizmat qilyapti. Bugungi yo‘llangan tabrik esa barcha ziyolilar kabi meni ham ruhlantirdi. Bizning Fanlar akademiyamiz hamda uning ilmiy xodimlari doim hamkorlikka tayyor”, degan doktor Muzaffar Sheker.







