O'zbekiston

Bo‘stonliqda Gentra avariyaga uchradi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Bo‘stonliqda Gentra avariyaga uchradi

Hodisa bugun, 26-avgust kuni soat 17:00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 50-kilometrida yuz bergan. 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Gentra rusumli transport vositasida Chorbog‘-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketigan.

 

Ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositasi texnik shikastlangan.

 

Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.