Salomatlik

Immunitetni infeksiyalarga qarshi qanday mustahkamlash kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Immunitetni infeksiyalarga qarshi qanday mustahkamlash kerak?

Immunitet – inson organizmini zararli infeksiya va kasalliklardan himoya qiluvchi tizim. Shu bois uning mustahkam bo‘lishi, virus va bakteriyalarga qarshi samarali kurashishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim. Quyida ular haqida maʼlumot beramiz.

 

1. Mukammal va muvozanatli ovqatlanish. Immunitet tizimining samarali ishlashi uchun turli vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish zarur. Xususan, C vitamini (sitrus mevalar, qizil va yashil bulg‘ori qalampiri, qovun, brokkoli), D vitamini ( sut mahsulotlari, tuxum, qo‘ziqorin) va sink (qovoq urug‘i, mol jigari, loviya, tuxum sarig‘i, bodom) mo‘l bo‘lgan mahsulotlar taomnomadan mustahkam o‘rin egallashi kerak.

 

2. Yetarli miqdorda uyqu. Immunitet tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun yetarli miqdorda uxlash juda muhim. Katta yoshli insonlar uchun bir sutkada 7-8 soat uyqu tavsiya etiladi. Tiniqib uxlash orqali organizm virus va bakteriyalarga qarshi samaraliroq kurashadi.

 

3. Jismoniy faollik. Jismoniy mashqlar immunitetni mustahkamlashning yana bir muhim yo‘li. Muntazam ravishda jismoniy mashg‘ulotlarni bajarish organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi va barcha tizimlarning yaxshi ishlashini taʼminlaydi.

 

4. Stressni kamaytirish. Ko‘plab izlanishlar stressning immunitet tizimiga salbiy taʼsir ko‘rsatishini isbotlagan. Uni kamaytirish orqali organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini yaxshilash mumkin. Stressga qarshi mustahkam turishning samarali yo‘llaridan biri meditatsiya qilish, nafas olish mashqlari va sport bilan shug‘ullanishdir.

 

5. Yetarlicha suyuqlik ichish. Suyuqlik ichish organizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun juda zarur. Chunki infeksiyalarga qarshi samarali kurashishda tananing gidratsiya holati yuqori darajada bo‘lishi lozim. Bu — suv, tabiiy sharbatlar va turli vitaminga boy sho‘rvalar orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

6. Qo‘shimcha vitamin va minerallar. Agar ratsionda turli vitaminlar yetishmasa, ularni qo‘shimcha tarzda qabul qilish mumkin. Ayniqsa, S, D vitamini va sink immunitet tizimini quvvatlantirishga yordam beradi.

 

7. Qo‘llarni muntazam yuvish. Qo‘l gigiyenasi infeksiya tarqatmaslikning eng samarali yo‘llaridan biri. Ularni muntazam yuvish orqali organizmga virus va bakteriyalar kirishining oldini olish mumkin.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"