Navoiyning dunyodagi qo‘lyozmalari kitob-albom ko‘rinishida nashr etiladi
Bu haqida Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro kongressda maʼlum qilindi.

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan VIII xalqaro Kongresda bir qator yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazilmoqda.
Jumladan, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomining 81-90-jildlarining loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda ilk bor Navoiy qalamiga mansub asarlar qo‘lyozmalari aks etilishi eʼlon qilindi.
Bu borada mutaxassislar tomonidan kerakli harakatlar va xorijdagi kutubxonalar hamda ilmiy markazlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Kitob-albomdan butun dunyo bo‘ylab tarqalgan qo‘lyozmalar o‘rin olishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro Kongressda dunyoning 35 mamlakatidan tashrif buyurgan 300 ga yaqin olim ishtirok etmoqda.







