O'zbekiston

Andijonda sementni tannarxidan past narxda sotgan korxona jarimaga tortildi

Sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilingan.

Andijonda sementni tannarxidan past narxda sotgan korxona jarimaga tortildi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyatidagi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodiga qarshi antidemping ishi qo‘zg‘atgandi. Qo‘mita 4,9 milliard so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qildi.

 

2024 yilning mart-iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak bo‘lgan jami 122,7 ming tonna sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilingan.

 

Bunda jami 2,7 ming tonna sement mahsuloti o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri realizatsiya qilingani natijasida 81,1 million so‘m asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etgani aniqlandi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Shangfeng-Bridge of Friendship MCHJga nisbatan raqobatga zid harakatlarni, xususan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirgani (demping harakatlari) va birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan harakatlarni sodir etgani sababli belgilangan tartibida 4,9 milliard so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

 

Shuningdek, MCHJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini hisoblash bo‘yicha to‘plangan hujjatlar soliq organiga yuborilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda sementni tannarxidan past narxda sotgan korxona jarimaga tortildi | Zamon.uz