O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Belarus delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Belarus delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da chuqurlashtirish, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Uchrashuv avvalida Natalya Kochanova davlatimiz rahbariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti joriy yil fevral oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanayotgani, muloqot va almashinuvlar faollashayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, hududlararo ishbilarmonlik aloqalari kuchaymoqda, madaniy-gumanitar dastur doirasidagi tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda.

 

Shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan parlamentlar doirasidagi qo‘shma tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston Oliy Majlisidagi uchrashuvlar va ikkinchi ayollar biznes forumining samarali natijalari yuksak baholandi.

 

Ikki mamlakat o‘rtasida savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, taʼlim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surishga qaratilgan faol parlamentlararo muloqotni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Belarus delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz