Lifestyle

Bo‘stonliqda yangi Ginnes rekordi o‘rnatildi

Ushbu rekord asli o‘zbekistonlik Axmed Choktan tomonidan o‘rnatildi.

Bo‘stonliqda yangi Ginnes rekordi o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi gerbi hamda “O‘zbekiston – Mustaqillikka 33 yil” yozuvi tushirilgan “Dunyodagi eng katta ebru tasviri”ni yaratish orqali jahon rekordi o‘rnatildi.

 

Mutaxassislar taʼkidlashicha “Abri bahor” yoki “Ebru” sanʼati bu suv yuzasiga maxsus bo‘yoq bilan tasvirlar chizish bo‘lib, hosil bo‘lgan shakllar va bezaklar qog‘oz yoki matoga ko‘chirib o‘tkaziladi. Jarayon tugal amalga oshirilishi uchun rassomdan katta mahorat, bilim va tajriba talab qiladi.

 

Ushbu Ebru tasviri bo‘yicha yangi rekord Turkiyada istiqomat qiluvchi, asli o‘zbek rassomi va Ebru sanʼati ustasi Axmed Choktan tomonidan o‘rnatildi. Qog‘ozga tushirilgan tasvirning eni 1,61 metr va uzunligi 12,96 metr bo‘lib, jami 20,86 kv.metrni tashkil etadi. Avvalgi eng katta Ebru tasviri (16,5 kv.metr) jahon rekordi 2009 yilda Qatarda o‘rnatilgan va 15 yil o‘tib O‘zbekistonda yangilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"