Endi noqonuniy qurolni ixtiyoriy topshirganlar jazolanmaydi
Bu bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi.

O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, shaxs o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.







