Makron Durovga Telegram shtab-kvartirasini Parijga ko‘chirishni taklif qilgan — WSJ
Pavel Durov esa bu taklifni rad etgani maʼlum bo‘ldi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2018-yildagi tushlik paytida Telegram asoschisi Pavel Durovga kompaniya bosh qarorgohini Parijga ko‘chirishni taklif qilgan. Bu haqida “The Wall Street Journal” nashri yozmoqda.
O‘sha uchrashuvda Makron tadbirkorga Fransiya fuqaroligini berish masalasini ham muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Durov 24 avgust kuni shaxsiy samolyotida Bokudan Parijga uchib kelganida Le Burje aeroportida qo‘lga olingandi. Bir necha kundan keyin prokuratura telegram asoschisiga nisbatan bir nechta moddalar bo‘yicha ayblov qo‘yilganini bildirdi.
Fransiya rahbari Makron esa Durovning hibsga olinishi davom etayotgan sud tergovi doirasida amalga oshirilganini va bu hech qanday siyosiy ahamiyatga ega emasligini aytdi.







