Pensiya 1 sentyabrgacha plastik kartaga o‘tkazib beriladi
Uni naqd pulda oluvchilarga bayramdan keyin to‘lanadi.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining maʼlum qilishicha, pensiya to‘lovlari plastik kartaga 1 sentyabrgacha tashlab beriladi.
“Pensiyani naqd pul ko‘rinishida oladigan O‘zbekiston fuqarolariga pensiya to‘lash tasdiqlangan jadvallar asosida bayram munosabati bilan beriladigan dam olish kunlaridan keyin boshlanadi”, — deya qo‘shimcha qildi tashkilot.
Jamg‘arma, shuningdek, sentyabr oyida fuqarolar 15 foizga oshirilgan pensiya olishlarini eslatdi.







