O'zbekiston

Rossiya hududiga yana dron zarbalari berildi

Voronej viloyatida evakuatsiya boshlandi.

Rossiya hududiga yana dron zarbalari berildi

Rostov viloyatiga 28 avgustga o‘tar kechasi dronlar hujumi uyushtirildi. Viloyat gubernatori Vasiliy Golubev mintaqa osmonida to‘rtta dron urib tushirilganini yozdi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

 

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Kamensk-Shaxtinskiy yaqinidagi neft bazasida bir nechta yoqilg‘i baklari yonayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mahalliy aholi yong‘in boshlanishidan oldin dronlarning xarakterli ovozi va portlash tovushini eshitgan.

 

Kecha tunda Bryansk viloyati rahbari Aleksandr Bogomaz Kurkovichi qishlog‘iga uchuvchisiz samolyot hujumi sodir etilgani va uch kishi jarohatlangani haqida xabar bergandi. Voronej viloyatida havo hujumidan mudofaa kuchlari samolyot tipidagi uchuvchisiz qurilmani urib tushirgan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa vositalari Voronej viloyatida 8 ta, Rostov viloyatida esa yana 4 ta dronni urib tushirganini maʼlum qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Rossiya hududiga yana dron zarbalari berildi | Zamon.uz