Toshkentda ota farzandlariga 820 mln aliment to‘ladi
Erkak 16 yillik aliment pullarini oldindan to‘lab bergan.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdor aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan E.Z. voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining taʼminoti uchun ular to voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment miqdorini oldindan hisoblab berishlikni so‘rab ariza bilan murojaat yo‘llagan.
Shunga ko‘ra, 2024 yildan 2040 yiliga qadar bo‘lgan davr uchun aliment miqdori hisoblanganda jami 818 mln 895 ming 193 so‘m miqdorida aliment miqdori vujudga kelgan.
Shuningdek, E.z alimentlarni oldindan to‘lash to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha sudga ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishlik tushuntirilgan.
Sud qarzdorning arizani qanoatlantirib, joriy yilning 15 avgust kuni ajrimi qabul qilingan. Sudning mazkur ajrimiga asosan qarzdor E.Z tomonidan N.D. foydasiga jami 818 mln 895 ming 193 so‘m evaziga 1 ta uy, Spark avtotransport vositasi va 2 ming AQSH dollari







