Andijonda alimentdan qarzdor otaning qurilish materiallari olib ketildi
Uning qarzdorligi 7,4 mln so‘mga yetgan.

Andijon viloyatida farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment bermagan otaning uyidan sementlari olib ketildi.
Bo‘ston tumanida yashovchi erkak bir nafar farzandi taʼminoti uchun Yu.T. foydasiga aliment to‘lab bermayotgani aniqlangan.
Yig‘ilib qolgan 7,4 million so‘m aliment qarzdorligini undirish maqsadida qarzdorning uyiga borilgan. Uyida qurilish qilish uchun 2 tonnadan ziyod sement mahsuloti olib qo‘ygani aniqlangan. Ijro harakatlari davomida farzandi uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan otaning 41 qop sementi tegishlicha xatlab qo‘yildi.







